Oqdaryo tumanida biolaboratoriyalar faoliyati o'rganildi. Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari A.Ismailov, Biolaboratoriyalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha yetakchi mutaxassis J. Narzullayev, Oqdaryo tuman bo'limi boshlig'i D.Ql

Oqdaryo tumanida biolaboratoriyalar faoliyati o'rganildi.
Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari A.Ismailov, Biolaboratoriyalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha yetakchi mutaxassis J. Narzullayev, Oqdaryo tuman bo'limi boshlig'i D.Qlichev hamda tuman yetakchi mutaxassisi O.Shakarovlar tomonidan "Oqdaryo biometod" biolaboratoriyasi faoliyati o'rganildi.O'rganish davomida ma'sullar ayni damda g'o'za zararkunandalariga qarshi kurashishda katta ahamiyatga ega bo'lgan oltinko'z,trixogramma hamda brakon entomofaglari zaxirasi bilan tanishishdi.O'rganish so'ngida esa viloyat rahbarlari tomonidan tuman ma'sullariga o'rgimchakkanaga qarshi oltinko'z,ko'sak qurti tuxumiga qarshi trixogramma hamda ko'sak qurtiga qarshi brakon entomofaglari bilan biologik ishlovlarni kuchaytirish kerakligi bo'yicha muhim tavsiyalar berib o'tildi.Shuningdek biolaboratoriya rahbariga muammolarga yechim topish bo'yicha amaliy yordamlar ko'rsatildi
https://t.me/Samkarantin