Oqdaryo tumanida amaliy seminar o‘tkazildi. Viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi xodimlari, bo'limi inspektorlari va fermer xo'jaligi rahbarlari ishtirokida M.Ulug'bek MMTP hududidagi "Shuxrat Zamin Hosili” fermer xo'jaligi dala maydonlarida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
Oqdaryo tumanida amaliy seminar o‘tkazildi.
Viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi xodimlari, bo'limi inspektorlari va fermer xo'jaligi rahbarlari ishtirokida M.Ulug'bek MMTP hududidagi "Shuxrat Zamin Hosili” fermer xo'jaligi dala maydonlarida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 30-dekabrdagi PQ-465 sonli "Qishloq xo'jaligi maydonlaridagi qo'shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko'paytirishga doir chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori boʻyicha dala chetlariga mevali ko'chatlar va to'qsonbosdi ekinlar ekish bo'yicha amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan fermer xo'jaligi dala chetlariga hashar yo'li bilan mevali ko'chatlar hamda to'qsonbosdi ekinlar ekish ishlari amalga oshirildi. Seminar so'ngida esa viloyat mutasaddilari tomonidan tuman ma'sullari va fermer xo'jaligi rahbarlariga seminar mavzusi yuzasidan muhim tavsiya va ko'rsatmalar berib o'tildi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
💬 https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal