🟦🟦🟦🟦 Oqchopsoydagi chigirtka: kuchaytirilgan monitoring davom etmoqda 🖥 Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi Oq chopsoy qishlog‘ida tog‘ yonbag‘rlarini zararli chigirtka bosgani haqida videolar tarqaldi. Holatga oydinlik kiritish maqsadida hududda kuchaytirilgan o‘

🟦🟦🟦🟦 Oqchopsoydagi chigirtka: kuchaytirilgan monitoring davom etmoqda
🖥 Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi Oq chopsoy qishlog‘ida tog‘ yonbag‘rlarini zararli chigirtka bosgani haqida videolar tarqaldi. Holatga oydinlik kiritish maqsadida hududda kuchaytirilgan o‘rganish olib borildi.
✅ Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozim, Samarqand viloyatida zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlari aprel oyining ilk kunlaridan boshlangan. Kimyoviy ishlovlar asosan viloyatning Nurobod, Payariq, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on tumanlarida olib borilib, murojaatlar bartaraf etilmoqda.
💬 Hususan, telegram ijtimoiy tarmog‘iga kelib tushgan videoda 1 yoshdagi marokash chigirtkasi aks etgan bo‘lib, ayni vaqtda Samarqand hududlaridagi mazkur hasharot 4-5 yoshdagi davrga o‘tgan. Shunga qaramay mahalla hududlarida kuchaytirilgan monitoring davom etmoqda.
🦗 2025-yil mavsumida Samarqand viloyatida 66 ming gektarmaydonda zararli chigirtkalarga qarshi kurash olib borilishi prognoz qilingan. Zararli chigirtkalarga qarshi kurash tadbirlarini o‘tkazish uchun 4 ta otryad tashkil etilib, 4 ta UMO purkagichli maxsus avtomashina, 22 ta OVX-600, VP-1 traktor purkagichi, 51 ta motorli qo‘l purkagich, 3 ta vodovoz ajratilgan va 87 nafar ishchi-xodim jalb qilingan. Bugungi kunda Samarqand viloyatining tumanlarida 23 970 gektarda kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi.
📍Viloyat Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati tomonidan zararli chigirtkalarni o‘choqlarini aniqlash bo‘yicha doimiy kuzatuv-nazorat ishlari yo‘lga qo‘yilgan hamda kimyoviy kurash tadbirlarini o‘z vaqtida samarali tashkil etish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
☎️ Chigirtkalar tarqalgan hudud haqida xabardor bo‘lsangiz 1288 va 71 202 28 88 raqamlariga murojaat qilishingizni yoki hududingizdagi karantin inspektoriga zudlik bilan murojaat qilishingizni so‘raymiz.
⏳ Ma’lumotlarni tezkor taqdim etib borish maqsadida zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlariga oid xabarlar Karantin agentligining rasmiy manbalarida va Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy kanalida #chigirtka va #chigirtkaga_qarshi_kurash xeshteglari ostida joylashtirib kelinmoqda.
#rasmiy_munosabat
🔰 karantin.uz 📱Facebook (https://m.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=bookmarks) 📱Instagram (https://instagram.com/uzdavkarantin?igshid=1cdfcmut771vo)📺Youtube (https://www.youtube.com/@uzdavkarantin/featured) ✖️Twitter (https://twitter.com/uzdavkarantin)