Oila — baxt va saodat manbai Har yili 15 may Xalqaro oila kuni sifatida nishonlanib, oilaning jamiyatdagi o‘rni va qadriyatlari e’tirof etiladi. Oila–inson uchun asosiy tayanch, mehr-muhabbat va ma’naviyat maskanidir.

Oila — baxt va saodat manbai
Har yili 15 may Xalqaro oila kuni sifatida nishonlanib, oilaning jamiyatdagi o‘rni va qadriyatlari e’tirof etiladi. Oila–inson uchun asosiy tayanch, mehr-muhabbat va ma’naviyat maskanidir.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 15 may kuni Samarqand viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida, shuningdek, Ilmiy tadqiqot instituti filiali xodimlari bilan hamkorlikda “Oila — baxt va saodat maskani” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirdan maqsad–xodimlar o‘rtasida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, sog‘lom oila muhitini targ‘ib qilish va oilaviy munosabatlarni yaxshilash edi. Suhbat davomida oilaning jamiyatdagi ahamiyati, uning barqarorligi va farzand tarbiyasi kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Bu kabi tadbirlar oilaning muqaddasligini anglatib, xodimlarning hayotda va ishda muvaffaqiyatga erishishlari uchun zamin yaratadi. Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat poydevoridir. Oilani asrab-avaylash esa barchamizning burchimizdir.
https://t.me/Samkarantin