Nurobodda navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” o‘tkazildi Bugun O'simliklar karantini va himoyasi Nurobod tumani bo'limi xodimlari haftaning har juma kuni o'tkazib kelinayotgan “Siyosiy-ma’rifat soati”da ishtirok etishdi.

Nurobodda navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” o‘tkazildi
Bugun O'simliklar karantini va himoyasi Nurobod tumani bo'limi xodimlari haftaning har juma kuni o'tkazib kelinayotgan “Siyosiy-ma’rifat soati”da ishtirok etishdi.
Navbatdagi o‘quv soati davomida ishtirokchilarga qator dolzarb mavzular yuzasidan tahliliy va ma’lumotlarga boy taqdimotlar namoyish etildi.
Xususan, “O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti” orqali yurtimizda va jahon miqyosida sodir bo‘layotgan dolzarb siyosiy-ijtimoiy yangiliklar muhokama qilindi;
“Mahalladan gapiramiz” ruknida joylardagi ijtimoiy muammolar, ularning yechimi va ijobiy tashabbuslar haqida fikrlar bildirildi;
“M-dayjest”, “Msayohat” va “Gazeta sharhi” ruknlari orqali esa turli mavzularda bilim doirasini kengaytiruvchi tahliliy materiallar taqdim etildi.
Mazkur siyosiy-ma’rifiy soati xodimlarning siyosiy savodxonligi va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda.