"NAVOBOD NASLLI PARRANDA" fermer xo‘jaligi Yevropa davlatlariga, jumladan Germaniya va Italiya kabi davlatlarga ham muntazam ravishda yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini amalga oshirib kelmoqda.

Bugungi kunda ushbu xo‘jalik tomonidan Gollandiyaga 22 tonna mayiz jo‘natilmoqda. Ushbu eksport ham Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining Samarqand shahar fitosanitar nazorat inspektorlari tomonidan qat’iy nazoratga olingan. Mahsulotlar xalqaro talablarga muvofiq fitosanitar sertifikat bilan ta’minlanmoqda va qat’iy karantin ko‘rigidan o‘tkazilmoqda.
Bu esa o‘z navbatida, mamlakatimizning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jahon bozorida o‘z o‘rnini yanada mustahkamlashiga, eksport salohiyatini oshirishiga va milliy iqtisodiyotimizning rivojiga hissa qo‘shishiga xizmat qiladi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
💬 https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal