Narpay tumanida "Sulton" paxta navlarida defoliatsiya samaradorligi o‘rganildi Narpay tumani, G‘alaba MMTPdagi "Narpay Ravshanbek" fermer xo‘jaligining 45 gektarlik "Sulton" navli g‘o‘za maydonida defoliatsiya ishlarining natijadorligini baholash maqsadida nazorat o‘tkazildi. Mazkur ishlar 21 avg
Narpay tumanida "Sulton" paxta navlarida defoliatsiya samaradorligi o‘rganildi
Narpay tumani, G‘alaba MMTPdagi "Narpay Ravshanbek" fermer xo‘jaligining 45 gektarlik "Sulton" navli g‘o‘za maydonida defoliatsiya ishlarining natijadorligini baholash maqsadida nazorat o‘tkazildi. Mazkur ishlar 21 avgustda "Esefon" preparati, 30 avgustda esa "Defoliant 54" bilan amalga oshirilgan edi. Tahlilda viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi, Ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari hamda tuman inspektorlari ishtirok etdi. Ular respublikadan biriktirilgan "Biosifat Respublika markazi" o‘rinbosari S. Tog‘ayev bilan birgalikda maydonlarni ko‘zdan kechirib, defoliatsiya sifatini va hosilga ta’sirini atroflicha o‘rganishdi. Ushbu tadbirlar kelgusi yilgi defoliant tanlovini takomillashtirishga yo‘naltirilgan.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
@Sam_qishloqxojaligi
https://t.me/Samkarantin