Narpay tumani: Yerdan unumli foydalanishning yangi istiqbollari Narpay tumanidagi Zarafshon MMTP hududidagi Oyto‘la fermer xo‘jaligida yerdan unumli foydalanishning yangicha yondashuvi joriy etilmoqda. "Bir hudud – bir mahsulot" tamoyili asosida 7 gektar g‘o‘za va 9 gektar g‘alla maydonlari atrof

Narpay tumani: Yerdan unumli foydalanishning yangi istiqbollari
Narpay tumanidagi Zarafshon MMTP hududidagi Oyto‘la fermer xo‘jaligida yerdan unumli foydalanishning yangicha yondashuvi joriy etilmoqda. "Bir hudud – bir mahsulot" tamoyili asosida 7 gektar g‘o‘za va 9 gektar g‘alla maydonlari atrofiga 1000 tupdan ziyod olcha hamda 850 tupdan ziyod olma daraxtlari ko‘chatlari ekilgan.
Shuningdek, qator oralariga baqlajon ekinlari ham joylashtirilgan.
Tadbir Narpay tumanidagi Zarafshon MMTP hududidagi Oyto‘la fermer xo‘jaligida o‘tkazildi. Seminarda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ishchi guruhi a’zolari, tajribali dehqonlar, viloyat boshqarmasi xodimlari, o‘simliklar karantini va himoyasi Samarqand mintaqaviy filiali olimlari, tumani bo‘limlari boshliqlari va inspektorlari faol ishtirok etdi.
Bu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-465-sonli qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, fermer xo‘jaliklarining daromad manbalarini kengaytirish va yerdan samarali foydalanishni ko‘zda tutadi. O‘simliklar karantini va himoyasi tuman bo‘limi inspektorlari fermerlarga ushbu tamoyilning manfaatli taraflari bo‘yicha doimiy tushuntirishlar berib, amaliy yordam ko‘rsatmoqdalar. Bu esa mahsulot sifatini oshirish, karantin xavfsizligini ta’minlash va eksport salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi. Narpay tumanidagi bunday ilg‘or tajribalar agrosanoatda yangi istiqbollarni ochadi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin