Muhtaram matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari! Bugun – 27 iyun, kasb bayramingiz – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan sizlarni chin dildan tabriklayman!

Muhtaram matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Bugun – 27 iyun, kasb bayramingiz – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan sizlarni chin dildan tabriklayman!
Sizlarning jamiyatimiz hayotidagi o‘rningiz beqiyosdir. Haqiqatni yoritish, muhim voqealarni tezkor va aniq yetkazish, jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi bebaho xizmatlaringiz uchun sizlarga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Sizlarning mas’uliyatingiz, fidoyiligingiz va yuksak kasbiy mahoratingiz bizni doimo ruhlantiradi. Vatanparvarligingizga esa cheksiz hurmatdamiz.
Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi jamoasi nomidan sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, ijodiy yutuqlar va kelajakdagi faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz! Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi jamoasi nomidan, Shomurod Urazov