🌳 MEVALI KO‘CHATLAR KUZDA EKILGANDA… Muhtaram Prezidentimizning 2024-yil 30-dekabrdagi PQ–465-sonli qarori asosida qishloq xo‘jaligi maydonlaridan unumli foydalanish, qo‘shimcha mahsulot yetishtirish va dala chetlariga mevali ko‘chatlar ekish ishlari keng yo‘lga qo‘yilmoqda.

28-Oktabr, 2025-yil

🌳 MEVALI KO‘CHATLAR KUZDA EKILGANDA…

Muhtaram Prezidentimizning 2024-yil 30-dekabrdagi PQ–465-sonli qarori asosida qishloq xo‘jaligi maydonlaridan unumli foydalanish, qo‘shimcha mahsulot yetishtirish va dala chetlariga mevali ko‘chatlar ekish ishlari keng yo‘lga qo‘yilmoqda.

🍁 Nega aynan kuzda ko‘chat ekish afzal?
Ko‘pchilik yangi ko‘chatlarni bahorda ekishga o‘rganib qolgan. Ammo mutaxassislar ta’kidlashicha, kuzda ekilgan ko‘chatlar sog‘lom va mustahkam o‘sadi. Sababi:

✅ Kuzda havo va tuproq harorati mo‘tadil bo‘ladi — bu esa ko‘chatga kamroq bosim beradi.
✅ Bahorda ekilgan daraxt bir vaqtning o‘zida ham barg, ham ildiz chiqarishga majbur bo‘ladi, bu esa uni zaiflashtiradi.
✅ Yozning issig‘ida suv tanqisligi, zararkunandalar va kasalliklar xavfi yuqori bo‘ladi.
✅ Kuzda esa yomg‘ir ko‘p, namlik yetarli — natijada sug‘orish kam, ildiz rivoji kuchli bo‘ladi.

💧 Kuzda ekilgan daraxt – kelajak hosili kafolati!

📋 Fitosanitar nazorati davlat inspektori: Otaqulov Javlon Qurbonboevich

✅@Kattaqurgon_kechavabugun

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech