Marokash chigirtkasi — xavfli hasharot U yo‘lida uchragan, ko‘karib chiqqan har qanday o‘simlikni nobud qiladi. Shu bois qishloq xo‘jaligining barcha ekinlariga jiddiy zarar yetkazadi.

21-Aprel, 2025-yil

Marokash chigirtkasi — xavfli hasharot

U yo‘lida uchragan, ko‘karib chiqqan har qanday o‘simlikni nobud qiladi. Shu bois qishloq xo‘jaligining barcha ekinlariga jiddiy zarar yetkazadi.

Ayni kunlarda, ya’ni aprel oyining o‘rtalaridan boshlab, chigirtka tuxumdan chiqa boshladi.

Hozirgi vaqtda respublikamizda ekinlarni chigirtkalar tomonidan shikastlanishiga deyarli barham berilgan. Ammo chigirtkalarning doimiy uyalari mavjud mintaqalarda hanuzgacha chorva yaylovlarida o‘tlarni yeb, oziqa manbaini kamaytirmoqda. Shu bois mutaxassislar doimo sergak turishlari, dalalarda muntazam ravishda tekshirishlar o‘tkazishlari lozim.

Xo‘sh, chigirtkaga qarshi qanday kurash choralarini ko‘rish mumkin?

Avvalo, chigirtkaning lichinkalariga qarshi "Dalate plyus" (0,075-0,125 l/ga), "Fipronil ekstra" (0,03-0,04l/ga), "Adonis gold" (0,03-0,04 l/ga), "Vevtnor" (0,05 l/ga) sarf meyorlarida qo‘llash yaxshi samara beradi.

Odiljon Shomurodov,
Past Darg‘om tumani fitosanitar davlat nazorati inspektori.

✅@samarqandyangiliklari‌‌

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech