Mahsulotlaringiz Parij vitrinalarida bo‘lishini xohlaysizmi? 🇫🇷 2025-yil 22–25-sentabr kunlari Fransiyaning Parij shahridagi “Westfield Les 4 Temps” savdo markazida “O‘zbekiston mahsulotlari” savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

8-Avgust, 2025-yil

🇫🇷 2025-yil 22–25-sentabr kunlari Fransiyaning Parij shahridagi  “Westfield Les 4 Temps” savdo markazida “O‘zbekiston mahsulotlari” savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbirda ishtirok etuvchi tadbirkorlarga:

✅ Parij shahriga aviachiptalar;
✅ Mahsulotlarni namoyish qilish uchun savdo maydonlari;
✅Mahsulotlar logistikasi (jo‘natish va yetkazib berish) xizmatlari BEPUL  taqdim etiladi.

Ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

1️⃣ Korxonaga oid ro‘yxatdan o‘tgan brend mavjud bo‘lishi;
2️⃣ Mahsulotlar katalogi va tarqatma materiallarga ega bo‘lishi;
3️⃣ Aloqa ma’lumotlari (email, telefon raqam, Telegram/WhatsApp) mavjud bo‘lishi;
4️⃣ Yevropa Ittifoqi davlatlariga mahsulot eksport qilish tajribasiga ega bo‘lishi.

📌 Tadbirda ishtirok etish istagida bo‘lganlar Markaziy eksport shtabiga murojaat qilishlari so‘raladi.
⏳ Joylar soni cheklangan!

📞 Murojaat, savol va takliflar uchun:
 +998 71 202 77 78 (1513)
Mas'ul xodim: Islom Karimov
📱  @Islomjon3001

🔰 karantin.uz 📱Facebook (https://m.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=bookmarks) 📱Instagram (https://instagram.com/uzdavkarantin?igshid=1cdfcmut771vo)📺Youtube (https://www.youtube.com/@uzdavkarantin/featured) ✖️Twitter (https://twitter.com/uzdavkarantin)

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech