KUZGI “RASKOPKA” NIMA UCHUN KERAK? Har yili zararkunanda, kasallik va begona o‘tlar sabab hosilning 35–40 foizi yo‘qoladi. Kuzgi raskopka esa keyingi mavsumdagi xavfni oldindan baholashga yordam beradi. Raskopkaning maqsadi: qishlovga kirgan zararkunandalar sonini aniqlash; tur tarkibi va qaysi

20-Noyabr, 2025-yil

KUZGI “RASKOPKA” NIMA UCHUN KERAK?

Har yili zararkunanda, kasallik va begona o‘tlar sabab hosilning 35–40 foizi yo‘qoladi. Kuzgi raskopka esa keyingi mavsumdagi xavfni oldindan baholashga yordam beradi.

Raskopkaning maqsadi:

qishlovga kirgan zararkunandalar sonini aniqlash;

tur tarkibi va qaysi chuqurlikda qishlayotganini bilish;

qishdan chiqish darajasini baholash;

kelgusi mavsumdagi xavf darajasini prognoz qilish.

Nima uchun muhim?
✅ Kelgusi mavsum uchun zararkunandalar sonini oldindan bilish
✅ Kimyoviy vositalarsiz, samarali profilaktika choralarini rejalash
✅ Organik, eksportbop mahsulot yetishtirishga zamin yaratish

Namuna olish tartibi:

25×25, 50×50 yoki 100×100 sm (yoki 40×100 sm) hajmda namunalar olinadi.

Tanlash usuli: diagonal yoki shaxmat (random).

Namuna soni:

10 gektargacha — 8 ta

11–50 gektar — 12 ta

51–100 gektar — kamida 16 ta

Aholi yashash punktlari yaqinida raskopka o‘tkazilmaydi.

✅@Kattaqurgon_kechavabugun

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech