🌾 KUZGI BUG‘DOY EKISH OLDIDAN... Kuzgi bug‘doydan mo‘l va sifatli hosil olish — bu, avvalo, o‘z vaqtida va sifatli agrotexnik tadbirlarni bajarish bilan bog‘liq.

15-Oktabr, 2025-yil

🌾 KUZGI BUG‘DOY EKISH OLDIDAN...

Kuzgi bug‘doydan mo‘l va sifatli hosil olish — bu, avvalo, o‘z vaqtida va sifatli agrotexnik tadbirlarni bajarish bilan bog‘liq.

Har bir hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos texnologiyani tanlash juda muhim. Qishda ham bug‘doydagi fiziologik jarayonlar davom etadi: havo harorati +3–5°C bo‘lganda fotosintez to‘xtaydi, ammo nafas olish jarayoni davom etadi. Shu sababli o‘simlik energiya va oziq moddalarga muhtoj bo‘ladi.

👉 Nima qilish kerak?

Ekilgan maydonlardagi bug‘doy holatini tahlil qiling;

Tuproqdagi oziqa moddalar balansiga qarab kuzgi oziqlantirishni boshlang;

Fosfor va kaliyni ekish oldidan bergan bo‘lsangiz ham, endi azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish zarur.

Kuzgi oziqlantirish — bu kelgusi yilgi hosil poydevori. Bugungi mehnat ertangi mo‘l hosilning garovi! 🌾💪

✍️ Fitosanitar nazorati davlat inspektori — Otaqulov Javlon

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech