Ko‘rgazmali seminar ishtrokchilari tumandagi “Jalolov Jonibek” fermer xo‘jaligining 30 sotixli issiqxonasida bo‘lib, ko‘katlardan rediska yetishtirish agrotexnikasi bilan yaqindan tanishdilar. Mahsulotning sifati fitosanitar holatini ko‘zdan kechirdilar. Qishloq mulkdoriga zararkunanda hasharotga qa

Ko‘rgazmali seminar ishtrokchilari tumandagi “Jalolov Jonibek” fermer xo‘jaligining 30 sotixli issiqxonasida bo‘lib, ko‘katlardan rediska yetishtirish agrotexnikasi bilan yaqindan tanishdilar. Mahsulotning sifati fitosanitar holatini ko‘zdan kechirdilar. Qishloq mulkdoriga zararkunanda hasharotga qarshi kurashishda ko‘proq samara beradigan biologik usulni qo‘llash zarurati haqida tavsiyalar berildi. Binobarin, issiqxona faoliyatini to‘g‘ri rivojlantirish, uni fitosanitar toza yuritish muhim va dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Maqsad, plyonka ostida yetishtirilgan mahsulotlar, qishin-yozin aholi dasturxonini to‘ldirish bilan birga, uning bir qismi xorij rastalarini bezaydi. Valyuta tushumi ko‘payib, yurtimiz iqtisodiyoti yanada mustahkamlanadi. Bu borada amalga oshirilayotgan tadbirlarning ahamiyati katta.
Muxtasar qilib aytganda, yurtimizning har bir nuqtasida, issiqxona xo‘jaligini tashkil etishning iqtisodiy jihatdan afzalligi bisyor. Zotan, hozirgi ob-havo sharoitlari muttasil o‘zgarib borayotgan bir paytda, plyonka ostidagi dalada yil 12 oy turli-tuman qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish imkoniyatlari kafolatlanadi. Muhim jihati, plyonka ostidagi dalalarda o‘simliklar karantini va himoyasi masalasiga jiddiy e’tiborni qaratish ko‘zlangan maqsadga erishishda yuksak samara beradi albatta.
Zotan, “Dolzarb 30 kunlik” tadbiri doirasida o‘tkazilayotgan ko‘rgazmali seminarlar aynan shu maqsadga qaratilayotgani bilan ahamiyatlidir.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal