Kattaqo'rg'on tumanida,Kattaming MFYdagi 30-sonli musiqa maktabida muhim amaliy seminar tashkil etildi.Ushbu tadbirga tuman hokimi J.Nasriddinov boshchilik qildi.Unda barcha MFY raislari va tumandagi 12 ta tashkilot xodimlari ishtirok etishdi.Seminar davomida O'simliklar karantini va

26-Sentabr, 2025-yil

Kattaqo'rg'on tumanida,Kattaming MFYdagi 30-sonli musiqa maktabida muhim amaliy seminar tashkil etildi.Ushbu tadbirga tuman hokimi J.Nasriddinov boshchilik qildi.Unda barcha MFY raislari va tumandagi 12 ta tashkilot xodimlari ishtirok etishdi.Seminar davomida O'simliklar karantini va himoyasi tuman bo'limi inspektorlari ham faol qatnashib,o'z ish faoliyatlari va bajariladigan vazifalar yuzasidan batafsil ma'ruza qildilar.Ma'ruzada asosiy e'tibor zararli organizmlarning kirib kelishini oldini olish,eksport-import jarayonlarida fitosanitar nazoratni kuchaytirish,zararkunandalarga qarshi kurashish va dehqonlarni xabardor qilish kabi muhim yo'nalishlarga qaratildi.Tashkilot xodimlari o'zaro fikr almashib, savol-javoblar orqali mavjud muammolarni muhokama qilishdi.Bu kabi tadbirlar hamkorlikni rivojlantirish va sohaga oid bilimlarni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish

@Sam_qishloqxojaligi
https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech