Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Shaxboz” fermer xo‘jaligi g‘o‘za maydonlarida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Shaxboz” fermer xo‘jaligi g‘o‘za maydonlarida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Shaxboz” fermer xo‘jaligi g‘o‘za maydonlarida O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi birinchi o‘rinbosari A. Ismoilov, Qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari, tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimlari, fermer xo‘jaligi rahbari hamda tuman inspektorlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida g‘o‘za parvarishi bo‘yicha agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarish, o‘z vaqtida o‘g‘itlash hamda zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha zarur tavsiyalar va amaliy tushunchalar berildi.
Mazkur tadbir g‘o‘za hosildorligini oshirish, kasallik va zararkunandalarning oldini olish, shuningdek, fermer xo‘jaliklarida agrotexnik tadbirlar samaradorligini ta’minlashga qaratildi.
O‘simliklar karantini va himoyasi Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi.