Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “O‘tkir” fermer xo‘jaligida g‘o‘za maydonlari yaratirilib, unda samarali agrotexnika tadbirlari olib borilmoqda. Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi

3-Iyun, 2025-yil

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “O‘tkir” fermer xo‘jaligida g‘o‘za maydonlari yaratirilib, unda samarali agrotexnika tadbirlari olib borilmoqda. Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Ismoilov va tuman inspektorlari maydonlardagi ishlar bilan tanishdilar. G‘o‘zaning zararkunandalardan himoya qilinishiga alohida e’tibor berilmoqda. Fermer xo‘jaligi rahbariga zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi. Bunday choralar yordamida hosildorlikni oshirish va mahsulot sifati yaxshilanishga erishish mumkin. Bu esa mahalliy qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga, fermerlarning iqtisodiy ahvolini yaxshilashga yordam beradi. Ushbu ishlar kattaqo‘rg‘onlik dehqonchilik sohasining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.


Samarqand viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati 
  
Kanalga ulanish 👇👇 
  
https://t.me/Samkarantin - O‘simliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop kanal

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech