Кattaqo‘rg‘on tumanida paxtachilik samaradorligini oshirish maqsadida, Buston MMTP hududidagi "Muhammad Sayfullayeva" fermer xo‘jaligining 8.0 gektarli paxta maydonida batafsil o‘rganishlar o‘tkazildi.

Ushbu muhim jarayon tuman hokimligining mas’ullari hamda viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Ismoilovning bevosita nazorati ostida amalga oshirildi. O‘rganish davomida g‘o‘zaning holati, agrotexnik tadbirlarning bajarilishi va zararkunandalarga qarshi kurash choralari sinchiklab tahlil etildi. Mutaxassislar fermerlarga hosildorlikni oshirish, sifatli paxta yetishtirish borasida zarur tavsiyalar berishdi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal