Kattaqo‘rg‘on tumanida paxta terimiga tayyorgarlik: tirkamalar holati sinchkovlik bilan o‘rganilmoqda Kattaqo‘rg‘on tumanida joriy paxta yig‘im-terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik ishlari jadal olib borilmoqda. Xususan,
Kattaqo‘rg‘on tumanida paxta terimiga tayyorgarlik: tirkamalar holati sinchkovlik bilan o‘rganilmoqda
Kattaqo‘rg‘on tumanida joriy paxta yig‘im-terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik ishlari jadal olib borilmoqda. Xususan, O‘simliklar karantini va himoyasi tuman inspektorlari hamda Agroinspeksiyaning tuman bo‘limi xodimlari bilan birgalikda muhim tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.
Mas’ullar joylarga chiqib, paxta tashishda ishlatiladigan tirkamalarning texnik holatini, ularni ta’mirlash jarayonlarini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqmoqdalar.
Bundan asosiy maqsad – terim mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday texnik nosozliklarning oldini olish, hosilning o‘z vaqtida va sifatli tashilishini ta’minlashdir.
"Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur" degan dono xalq hikmatiga amal qilgan holda, tuman bo‘ylab ushbu yo‘nalishda keng qamrovli va samarali ishlar tashkillashtirilgan. Bu kabi puxta tayyorgarlik paxta yig‘im-terimini muvaffaqiyatli va uyushqoqlik bilan o‘tkazishga xizmat qiladi.