✅Kattaqo‘rg‘on tumanida paxta mavsumidagi muhim agrotexnik tadbir – defoliatsiya ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
✅Kattaqo‘rg‘on tumanida paxta mavsumidagi muhim agrotexnik tadbir – defoliatsiya ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
✅Tumanda jami 10 140 gektar maydonda g‘o‘za ekilgan, bundan 8 692 gektar maydonga defoliatsiya o‘tkazish rejalashtirilgan. Mavsum boshidan to shu kungacha 1 196 gektar maydonda defoliatsiya ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ayni paytda ushbu muhim jarayonlarga 45 ta texnika safarbar etilgan bo‘lib, shundan 24 tasi faol ish olib bormoqda.
✅Jarayonlarning sifatli va samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi boshqarma boshlig‘i Sh.Xudoyberdiyev hamda viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Urazov, tuman bo‘limlari xodimlari bilan hamkorlikda maydonlardagi defoliatsiya ishlarini nazorat qilmoqdalar.
✅Ushbu nazorat tadbirlari paxta hosili sifatini oshirish va mavsum yakunlarini yuqori natijalar bilan kutib olishga xizmat qiladi.
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin
@Sam_qishloqxojaligi