Kattaqoʻrgʻon tumani Y.Oxunboboev MMTP hududidagi Shukurov Izzatillo Boltaev fermer xoʻjaligining paxta dalalarida oʻrgamchak kana tarqalishiga qarshi kurash, oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman boʻlimi inspektorlari nazorati ostida faol olib borilmoqda.

15-Iyul, 2025-yil

Kattaqoʻrgʻon tumani Y.Oxunboboev MMTP hududidagi Shukurov Izzatillo Boltaev fermer xoʻjaligining paxta dalalarida oʻrgamchak kana tarqalishiga qarshi kurash, oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman boʻlimi inspektorlari nazorati ostida faol olib borilmoqda. Zararkunanda hosilga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligi sababli, oʻz vaqtida kimyoviy himoya choralari qoʻllanilmoqda. Malakali mutaxassislar va inspektorlar nazorati ostida, ekologik jihatdan xavfsiz va yuqori samarali preparatlar yordamida ishlov berish ishlari amalga oshirilmoqda.Bu esa hosildorlikni saqlash va fermer xoʻjaliklarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Kimyoviy kurash bilan birga, zararkunandalarga qarshi kurashning boshqa usullaridan ham foydalanish rejalashtirilgan. Muntazam kuzatuv va profilaktika choralari tufayli, paxta hosilining sog‘lomligi taʼminlanib, yaxshi hosil olinishi kutilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech