Kattaqo‘rg‘on tumani Sattor Yangi Durbesh: Yerdan unumli foydalanish va karantin xavfsizligi "Sattor yangi durbesh" fermer xo‘jaligida yerdan unumli foydalanishning zamonaviy namunasi yaratilmoqda. "Bir hudud – bir mahsulot" tamoyili asosida 15 gektar g‘alla va 15 gektar g‘o‘za maydonlari chet

Kattaqo‘rg‘on tumani
Sattor Yangi Durbesh: Yerdan unumli foydalanish va karantin xavfsizligi
"Sattor yangi durbesh" fermer xo‘jaligida yerdan unumli foydalanishning zamonaviy namunasi yaratilmoqda. "Bir hudud – bir mahsulot" tamoyili asosida 15 gektar g‘alla va 15 gektar g‘o‘za maydonlari chetlariga 200 tupdan ziyod olcha ko‘chatlari ekilgan. Shuningdek, qator oralariga mosh va oshqovoq ekinlari joylashtirilgan. Bu yondashuv fermer xo‘jaligi daromadlarini kengaytirib, yerdan samarali foydalanish imkonini beradi.
Tumanda tashkil etilgan navbatdagi tadbirda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ishchi guruhi a’zolari, tajribali dehqonlar, viloyat boshqarmasi xodimlari, o‘simliklar karantini va himoyasi Samarqand mintaqaviy filiali olimlari, tumani bo‘limlari boshliqlari va inspektorlari faol ishtirok etdi.
Ayni damda O‘simliklar karantini va himoyasi Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-465-sonli qarori tamoyillari bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda. Ushbu qaror mahsulot sifati, xavfsizligi va eksport salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan. Fermerlarning bunday ilg‘or tajribalari mamlakat agrosanoati rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin