Kattaqo‘rg‘on tumani M.Sultonov MMTP hududidagi “Petrol agro biznes” fermer xo‘jaligi g‘o‘za maydonlarida ochiq muloqot – amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimining maslahatchisi A. Nurqulov, viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshligʻining birinchi o‘rinbosari A.Ismailo

15-Sentabr, 2025-yil

Kattaqo‘rg‘on tumani M.Sultonov MMTP hududidagi “Petrol agro biznes” fermer xo‘jaligi g‘o‘za maydonlarida ochiq muloqot – amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimining maslahatchisi A. Nurqulov, viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshligʻining birinchi o‘rinbosari A.Ismailov, fermer xo‘jaligi rahbarlari, qishloq xo‘jaligi xodimlari va tuman boʻlimi inspektorlari ishtirok etishdi. 
 
Seminarning asosiy maqsadi, g‘o‘zaning 60-70% ochilgan maydonlarida defoliatsiya tadbirlarini samarali o‘tkazish masalalarini muhokama qilish bo‘ldi. Mutaxassislar defoliatsiyaning ahamiyati, uni o‘tkazish muddatlari va qo‘llaniladigan vositalar haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, defoliatsiyani amalga oshirishning ilg‘or usullari va kelgusidagi rejalar ham muhokama qilindi. Bu kabi amaliy seminarlar paxtachilik sohasidagi bilim va tajribani oshirishga xizmat qiladi.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech