Kattaqo‘rg‘on tumani, Kattaqo‘rg‘on maskani MMTP hududidagi "Yusuf klass dalasi" fermer xo‘jaligida paxta maydonlarining bugungi holatini hisobga olgan holda, ko‘sak hosildorligini oshirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi. Unda viloyatdan tashrif buyurgan mutaxassislar, fermer xo‘jaligi rahba

4-Sentabr, 2025-yil

Kattaqo‘rg‘on tumani, Kattaqo‘rg‘on maskani MMTP hududidagi "Yusuf klass dalasi" fermer xo‘jaligida paxta maydonlarining bugungi holatini hisobga olgan holda, ko‘sak hosildorligini oshirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi. Unda viloyatdan tashrif buyurgan mutaxassislar, fermer xo‘jaligi rahbariyati va tuman inspektorlari ishtirok etdilar. 
 
Seminarning asosiy maqsadi – paxta maydonlarida ko‘saklarning pishib yetilishini tezlashtirish va hosilning to‘liq yig‘ib olinishini ta’minlash uchun muhim bo‘lgan "Esifo" preparatini qo‘llash hamda defoliatsiya ishlarini samarali va o‘z vaqtida o‘tkazish bo‘yicha bilim va tavsiyalarni tarqatishdan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilarga mazkur agrotexnik tadbirlarning ahamiyati, qo‘llash meyorlari va samaradorligi yuzasidan tushunchalar berildi. Seminar doirasida ko‘rsatilgan amaliy ko‘nikmalar fermer xo‘jaliklariga paxta hosilini munosib yig‘ib olishga yordam beradi.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech