Kattaqo‘rg‘on tumani B.Turon MMTP hududidagi Sarvar Nozim Sarvinoz fermer xo‘jaligida g‘o‘za ekinlarini himoya qilish maqsadida — biologik vosita trixogramma tarqatilishi amalga oshirildi. Bu ekologik toza va samarali usul, zararkunandalarga qarshi

15-Iyul, 2025-yil

Kattaqo‘rg‘on tumani B.Turon MMTP hududidagi Sarvar Nozim Sarvinoz fermer xo‘jaligida g‘o‘za ekinlarini himoya qilish maqsadida — biologik vosita trixogramma tarqatilishi amalga oshirildi. Bu ekologik toza va samarali usul, zararkunandalarga qarshi kurashda kimoviy vositalardan foydalanish zaruratini kamaytiradi hamda hosil sifatini yaxshilaydi. Trixogramma qo‘llanilishi g‘o‘za hosildorligini oshirishga va fermer xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligini yaxshilashga qaratilgan. 
  
Jarayonning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun o‘simliklar karantini va himoyasi tuman bo‘limi inspektorlari doimiy nazorat olib bordilar. Ushbu yondashuv nafaqat yuqori hosil olishga, balki atrof-muhitni muhofaza qilishga ham xizmat qiladi. Fermer xo‘jaligi bilan o‘zaro hamkorlik va nazorat natijasida, ekologik toza va iqtisodiy jihatdan foydali ekin yetishtirish ta’minlanadi.

Bizni kuzatishda davom eting👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech