Karam boshlarining yorilish sabablari Tomorqalarda karam boshlarining yetilishiga yaqin yorilib ketishi ko‘p uchraydigan holat. Buning asosiy sababi, ko‘pincha, sug‘orishning notekis yoki meyoridan ortiq bo‘lishidir. Karam, ayniqsa, bog‘lash davrida doimiy va bir maromdagi namlikni talab qiladi.

26-Sentabr, 2025-yil

Karam boshlarining yorilish sabablari 
 
Tomorqalarda karam boshlarining yetilishiga yaqin yorilib ketishi ko‘p uchraydigan holat. Buning asosiy sababi, ko‘pincha, sug‘orishning notekis yoki meyoridan ortiq bo‘lishidir. Karam, ayniqsa, bog‘lash davrida doimiy va bir maromdagi namlikni talab qiladi. 
 
Agar yetarli suv bo‘lmasa, keyin to‘satdan ko‘p suv berilsa, karam boshi ichidagi yaproqlar tez shishib, tashqi qavatni yorib yuboradi. Ikkinchi muhim omil - oziq moddalarning, ayniqsa, kaliyning yetishmasligi. Kaliy, yaproqlarning elastikligini va hujayra devorlarining mustahkamligini ta’minlaydi. Uning yetishmasligi pishiqchilikda mevaning yorilishiga olib keladi. Shuningdek, noqulay ob-havo sharoitlari, kun issiq, tun sovuq bo‘lishi ham bunga sabab bo‘lishi mumkin.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati


❗️Saqlab oling va yaqinlarga ham ulashing. 👇👇
 
https://t.me/Samkarantin — sizga eng yaxshilarini ilinamiz!

@Sam_qishloqxojaligi

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech