Issiqxonada qishgi bahorgi mavsum uchun pomidor ekish ishlari yaqinlashmoqda ...

Issiqxonada qishgi bahorgi mavsum uchun pomidor ekish ishlari yaqinlashmoqda ...
Qishki-bahorgi ekish mavsumida pomidorning 55-60 kunlik koʼchatlarni ekish yanvarь oyining 15-sanasidan fevralning ikkinchi oʼn kunligigacha amalga oshiriladi. Koʼchatlarni qoʼsh qator usulda 80+80x45 sm yoki 85+85x50 sm oraliq sxemasida ekiladi.
Ekish oldindan kovlab sugʼorib olingan koʼndalang chuqurchalarga stakanning 3 dan 2 qismi koʼmib bajariladi. Hozirgi istiqbolli navlar tuproqlardagi oziq moddalarga juda talabchandir. Ekishdan oldin va oʼsuv davrida organik hamda mineral oziqa moddalarni tuproqqa solish tuproqni agrokimyoviy tahlili natijalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Organik moddalar miqdori 20% atrofida saqlanishi talab etiladi. Buning uchun tuproqqa asosiy ishlov berishdan oldin issiqxona maydoniga 1 sotixiga kamida 3,5-4 tonna chirindi yoki biogumus va 1-1,5 tonna gʼovaklashtiruvchi modda (qipiq, somon maydasi va boshqalar) solinishi lozim.
Bulungʻur tuman oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimi fitosanitar davlat inspektorlari Oʻrinboyev Jamshid va Xoliqulov Farhod