Ishtixon tumanining serhosil dalalarida g‘o‘za parvarishi ayni avjida. Dehqonlarning fidokorona mehnati bilan birga, o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, hosildorlikni oshirish bo‘yicha tizimli yondashuv muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu

3-Iyun, 2025-yil

Ishtixon tumanining serhosil dalalarida g‘o‘za parvarishi ayni avjida. Dehqonlarning fidokorona mehnati bilan birga, o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, hosildorlikni oshirish bo‘yicha tizimli yondashuv muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayonning samaradorligini ta’minlash maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi ishchi guruhi a’zolari – Sh. Xudoyberdiyev, viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh. Urazov va boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Ismoilovlar Ishtixon tumanidagi g‘o‘za maydonlarida qator nazorat tadbirlarini amalga oshirdilar. 
 
Ishchi guruhi tumandagi g‘o‘za maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik ishlarning sifati, o‘simliklarning umumiy holati va zararkunandalarga qarshi kurash strategiyalarini sinchkovlik bilan o‘rgandi. Ular fermerlar bilan suhbatlashib, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashdilar. Asosiy e’tibor g‘o‘zaning sog‘lom o‘sishini ta’minlash va yuqori hosil olish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarga qaratildi. 
 
Nazorat davomida, ayniqsa, feromon tutqichlarning holati diqqat bilan ko‘zdan kechirildi. Feromon tutqichlar zararkunandalarning populyatsiyasini kuzatish, ularning rivojlanishini aniqlash va shunga mos ravishda kurash choralarini o‘z vaqtida qo‘llash uchun muhim vosita hisoblanadi. Ushbu tutqichlarning to‘g‘ri o‘rnatilishi va muntazam nazorat qilinishi zararkunandalarning tarqalishini oldini olishda katta yordam beradi. 
 
Agentlik vakillarining bu kabi amaliy tavsiyalari Ishtixon tumani fermerlariga g‘o‘za parvarishida uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o‘tishda katta ko‘mak bo‘ladi. Bu nazorat tadbirlari hosildorlikni oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va tuman qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.


Bizni kuzatishda davom eting

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech