Ishtixon tumanidagi "Ishtixon oltin yerlari" klasterining 15 gektar paxta maydonida paxta hosilini himoya qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Paxtachilik kengashi a’zosi A.Ismoilov

Ishtixon tumanidagi "Ishtixon oltin yerlari" klasterining 15 gektar paxta maydonida paxta hosilini himoya qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Paxtachilik kengashi a’zosi A.Ismoilov ishtirokida o‘tgan tadbirda biologik kurash usullari, jumladan, ko‘sak qurtiga qarshi feromon qo‘llash va o‘rgimchakkanaga qarshi profilaktika ishlari muhokama qilindi. Tadbirda paxtakorlar bilan bir qatorda, soha mutaxassislari ham ishtirok etib, zararkunandalarga qarshi samarali kurash olib borish, fitosanitar toza mahsulot yetishtirish va hosildorlikni oshirish yo‘llarini o‘rgandilar. A.Ismoilov paxtakorlarning fidokorona mehnatini e’tirof etib, ularning tajribasini qo‘llab-quvvatladi va zamonaviy agrotexnika yutuqlarini joriy etishga chorladi. Bu kabi tadbirlar aholi farovonligini oshirish va iqtisodiyotni yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin