Ishtixon tumanidagi fermer xo‘jaliklarda defoliatsiya ishlari jadal davom etmoqda. Xususan, Qaychili MMTP hududidagi "Ilhom dalalari" f/х da ham ushbu muhim agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Ismoil

26-Sentabr, 2025-yil

Ishtixon tumanidagi fermer xo‘jaliklarda defoliatsiya ishlari jadal davom etmoqda. Xususan, Qaychili MMTP hududidagi "Ilhom dalalari" f/х da ham ushbu muhim agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
  
Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Ismoilov boshchiligidagi ishchi guruh, jumladan,ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari,tuman bo‘limi inspektorlari hamda soha vakillari dalani defoliatsiyaga tayyorgarlik holati,ko‘saklarning to‘liq ochilganligi va barcha jarayonlarning belgilangan meyorlarga muvofiqligini o‘rganishdi. 
  
Tumanda jami 6 910 gektar maydonga g‘o‘za ekilgan, shundan 5 951 gektarida defoliatsiya ishlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.Mavsum boshidan buyon 1 115 gektar maydonda ushbu agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi. 
  
Ayni paytda,defoliatsiya jarayonlarini tezlashtirish va sifatli bajarish uchun mavjud 43 ta maxsus texnikadan 22 tasi faol ishchi holatda qatnashmoqda.

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin
@Sam_qishloqxojaligi

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech