Ishtixon tumanida qishloq xo‘jaligi mavsumiga tayyorgarlik muhokama qilindi ✅Bugun Ishtixon tumanida qishloq xo‘jaligi va tomorqa yer egalari bilan mavsumga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.

5-Mart, 2025-yil

Ishtixon tumanida qishloq xo‘jaligi mavsumiga tayyorgarlik muhokama qilindi

✅Bugun Ishtixon tumanida qishloq xo‘jaligi va tomorqa yer egalari bilan mavsumga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.

✨Muhokamada tuman hokimi Fazliddin Ruziyev, tuman prokurori Uchqun Butunov va hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Muhokamada fermer va dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari uchun mavsumga tayyorgarlik ishlari, suv ta’minoti, qishloq xo‘jalik texnikasi va resurslar bilan ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

💎Shuningdek, mavsum davomida mahsulot hosildorligini oshirish, suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish va qishloq xo‘jaligida innovasion yondashuvlarni qo‘llash borasida takliflar bildirildi. 

Tuman hokimi fermer va dehqonlarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech