Ishtixon tumanida defoliatsiya ishlari nazorat qilinmoqda Ishtixon tumanida paxta maydonlarida defoliatsiya jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Tumanda jami 6 910 gektar maydonda g‘o‘za ekilgan, shundan, 5 951 gektarda defoliatsiya tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Mavsum boshidan buyon 1 1

26-Sentabr, 2025-yil

Ishtixon tumanida defoliatsiya ishlari nazorat qilinmoqda 
 
Ishtixon tumanida paxta maydonlarida defoliatsiya jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Tumanda jami 6 910 gektar maydonda g‘o‘za ekilgan, shundan, 5 951 gektarda defoliatsiya tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Mavsum boshidan buyon 1 115 gektar maydonda defoliatsiya tadbirlarini amalga oshirildi. Ayni paytda mavjud 43 ta maxsus texnikadan 22 tasi jarayonlarda faol ishtirok etmoqda. 
 
Jarayonlarning sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi boshqarma boshlig‘i Sh.Xudoyberdiyev va viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Urazov, tuman bo‘limlari xodimlari bilan hamkorlikda defoliatsiya ishlarini nazorat qilmoqdalar. 
 
Ushbu nazorat tadbirlari defoliatsiya ishlarining belgilangan meyorlar va standartlarga muvofiq o‘tkazilishini kafolatlaydi.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati


Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin
@Sam_qishloqxojaligi

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech