Ishtixon tuman gʻoʻza maydonlarida nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda. ▪️Ayni damda Samarqand viloyat

15-Iyul, 2025-yil

Ishtixon tuman gʻoʻza maydonlarida nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

▪️Ayni damda Samarqand viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi hodimlari hamda tuman ma'sullari Ishtixon tumanidagi g‘o‘za maydonlarida qator nazorat tadbirlarini amalga oshirmoqdalar.

Chunonchi, ayni vaqtda qishloq xo'jaligida gʻoʻza parvarishi eng dolzarb hisoblanadi.

▪️Hodimlar g‘o‘za maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik ishlarning sifati, o‘simliklarning umumiy holati, zararkunandalarga qarshi kurash strategiyalarini o‘rganishmoqda. Ular fermerlar bilan suhbatlashib, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashmoqdalar.

Asosiy e’tibor g‘o‘zaning sog‘lom o‘sishini ta’minlash va yuqori hosil  uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarga qaratilmoqda.
 
▪️Nazorat davomida,  feromon tutqichlarning holati diqqat bilan ko‘zdan kechirilib, feramonitoring ishlar olib borilmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech