Ishtixon biolaboratoriyalari: O‘simliklar himoyasidagi muhim o‘rganish

18-Iyun, 2025-yil

Ishtixon biolaboratoriyalari: O‘simliklar himoyasidagi muhim o‘rganish 
 
Ishtixon tumanida joylashgan biolaboratoriyalarning faoliyati viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Urazov tomonidan atroflicha baholandi. Bu jarayondan ko‘zlangan asosiy maqsad – qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunandalardan himoya qilishda biologik usullarning samaradorligini oshirish edi. 
 
Sh.Urazov laboratoriyalarda ishlab chiqarilayotgan biologik vositalarning hajmi, sifati va ularning dalada qo‘llanish natijalarini chuqur tahlil qildi. U biolaboratoriyalarning atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan, ekologik toza mahsulot yetishtirishdagi muhim o‘rnini alohida ta’kidladi. O‘rganish yakunida laboratoriyalar faoliyatini yanada takomillashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini yaxshilash va biologik kurash usullarini kengroq joriy etish bo‘yicha qator amaliy tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.

Samarqand viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech