Hosil uchun har bir kun qadrli bo‘lgan "Dolzarb 40 kunlik" davri Kattaqo‘rg‘on tumani paxta maydonlarida qizg‘in pallasiga kirdi. Ushbu muhim bosqichda g‘o‘za ekinlarini zararkunandalardan himoya qilish masalasi bosh maqsad qilib olingan.

8-Avgust, 2025-yil

Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Alisher Ismoilov Mirzo Ulug‘bek MMTP hududidagi "Jamolov Lutfulla dalalari" fermer xo‘jaligida dalalarni ko‘rikdan o‘tkazdi. Uning e’tibor markazida ko‘sak qurti, o‘rgimchakkana va qandala kabi xavfli zararkunandalarga qarshi olib borilayotgan kurash choralarining samaradorligi turdi. 
 
Nazorat jarayonida tuman bo‘limi inspektorlari va fermerlar bilan chuqur muloqot qilinib, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari muhokama etildi. Zararkunandalarning tarqalishini oldini olish, profilaktik ishlarni kuchaytirish va agrotexnik tadbirlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha qator tavsiyalar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech