Haftaning har juma kuni tashkil etiladigan siyosiy ma’rifat soatlari muassasa xodimlarining bilim va ongini oshirishga xizmat qiluvchi muhim tadbirdir.

Haftaning har juma kuni tashkil etiladigan siyosiy ma’rifat soatlari muassasa xodimlarining bilim va ongini oshirishga xizmat qiluvchi muhim tadbirdir.
Navbatdagi ana shunday ma’rifat soati Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida bo‘lib o‘tdi. Unda Boshqarma xodimlari bilan birga, O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institutining Samarqand mintaqaviy filiali xodimlari ham faol ishtirok etishdi.
Bunday tadbirlar orqali xodimlar mamlakatimizda va xalqaro miqyosda kechayotgan eng so‘nggi siyosiy, ijtimoiy -iqtisodiy yangiliklardan xabardor bo‘ladilar, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.
Siyosiy ma’rifat soatlari xodimlarning dunyoqarashini kengaytirib, ularning ongli fuqaro sifatida shakllanishiga munosib hissa qo‘shadi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal