G‘o‘zani chilpish... Chilpishni o‘z vaqtida va sifatli bajarish orqali g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi jadallashadi, hosil elementlari to‘kilishi kamayadi, gul va ko‘saklar soni oshadi, g‘o‘za zararkunandalarning salbiy ta’siri kamayadi, ko‘saklarning pishishi 5-10 kunga tezlashadi, hosildorlik

14-Avgust, 2025-yil

G‘o‘zani chilpish...
 Chilpishni o‘z vaqtida va sifatli bajarish orqali g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi jadallashadi, hosil elementlari to‘kilishi kamayadi, gul va ko‘saklar soni oshadi, g‘o‘za zararkunandalarning salbiy ta’siri kamayadi, ko‘saklarning pishishi 5-10 kunga tezlashadi, hosildorlik gektaridan 3-4 sentnerdan 6-8 sentnergacha ortadi. 
Chilpish qo‘lda, mexanizm yordamida va kimyoviy preparatlar ("Sojean", "Entojean")bilan ishlov berilib amalga oshiriladi.
G‘o‘zani chilpishda ertagi, mo‘l va sifatli paxta hosili yetishtirish imkonini berib, defoliatsiya samaradorligini oshiradi.
G‘o‘zani o‘z muddatida sifatli chilpish hosil salmog‘ining ortishi,sifatining yaxshilanishi, erta yetilishiga olib keladi. Aksincha, uning kechiktirilishi va sifatsiz o‘tkazilishi oqibatida:
  poyasi kuchli o‘sib g‘ovlab ketishi
  paxta hosili 15-20% ga kamayishi
  pishib yetilishi 7-10 kunga kechikishi
  ko‘saklari kichrayib, vazni kamayishi
  ko‘saklar qobig‘i qalinlashadi

O‘simliklar karantini va himoyasi Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech