🌱 G‘o‘za zararkunandalariga qarshi “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilinadi 🛡 Respublika g‘o‘za maydonlarida uchraydigan xavfli zararkunandalar (shira,

🌱 G‘o‘za zararkunandalariga qarshi “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilinadi
🛡 Respublika g‘o‘za maydonlarida uchraydigan xavfli zararkunandalar (shira, trips, ko‘sak qurti, o‘rgimchakkana, qandala va boshqalar), kasalliklar va begona o‘tlarga qarshi kurash tadbirlarini uyushqoqlik bilan amalga oshirilishini tashkil qilish, ushbu tadbirlar bo‘yicha nazoratni o‘rnatish maqsadida 2025-yilning 16-iyun kunidan 25-iyul kuniga qadar “Dolzarb 40 kunlik” deb e’lon qilinadi.
🔍 Monitoring agroklasterlar, fermer-dehqon xo‘jaliklari g‘o‘za maydonlarida olib boriladi. “Dolzarb 40 kunlik” chora-tadbirlari rejasiga ko‘ra, hududlardagi tuman hokimliklari bilan birgalikda g‘o‘za maydonlarida uchraydigan zararli organizmlarning paydo bo‘lishi, ko‘payishi va tarqalishiga qarshi samarali kurash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilib, ularni amalga oshirish yuzasidan nazorat olib boriladi.
🦗🦗 Shuningdek, g‘o‘za maydonlarida biologik himoya vositalarini miqdor me’yorlarida qo‘llash choralari ko‘riladi. Zararkunandalar iqtisodiy zarar miqdor mezoni (IZMM) dan oshishi kuzatilsa kimyoviy ishlov berilishi tavsiya etiladi.
🕷G‘o‘zaning asosiy zararkunandalari (shira, trips, ko‘sak qurti, o‘rgimchakkana va qandala) aniqlanganda zudlik bilan Karantin agentligining elektron platformalari orqali xabarnoma yuborilib, fitosanitar talablarni o‘z vaqtida bajarmagan yer egalariga qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
🔬 Xorijiy g‘o‘za navlarining fitosanitariya holati ham alohida nazorat ostida bo‘lib, dala maydonlaridan olingan namunalar Markaziy hamda hududiy fitosanitariya laboratoriyalarida tekshirib boriladi.
📱 G‘o‘za dalalarida zararkunandalar aniqlanganda karantin inspektorlariga murojaat qiling. Buning uchun “Agroko‘makchi” mobil ilovasining “inspektorni chaqirish” tugmasidan foydalanib, bepul tavsiya va ko‘rsatmalar olishingiz mumkin.