G‘o‘za tunlami (ko‘sak qurti) Kuzgi tunlam (ildiz kurti) va boshqa tunlamlar kapalagini tutish uchun SADSH eritmasini tayyorlash uchun 100 litr suv (60 gradusda bo‘lishi kerak) 200 gr achitqi (droja) 10 kg shakar

14-Avgust, 2025-yil

G‘o‘za tunlami (ko‘sak qurti) Kuzgi tunlam (ildiz kurti) va boshqa tunlamlar kapalagini tutish uchun SADSH eritmasini tayyorlash uchun 
 100 litr suv (60 gradusda bo‘lishi kerak) 
 200 gr achitqi (droja) 
 10 kg shakar 
 1,5 kg asal solinib aralashtiriladi va 8 soat davomida tindiriladi. 
 Tayyorlangan SADSH ga 2,5 litr vino solinadi. 
 Ushbu tayyorlangan SADSH ni salqin ichimliklar idishi (baklashka) yuqori qismi aylanasiga qirqilib, og‘iz tomoni to‘ntariladi va pastki qismiga solinib xuddi siyoxdon kabi tutqich yasaladi. Yasalgan tutqichlarga 200 gramm SADSH eritmasi quyiladi. Maxsus tayyorlangan 1,2 metrli tayoqchalarga tavsiya asosida o‘rnatiladi. 
 SADSH eritmasi solingan idish (baklashka) gektariga 5-6 donadan o‘rnatiladi. 
 
 X. Amanov, 
 K. Qarimov, 
 A. Safarov, 
 o‘simliklar karantini va himoyasi Past Darg'om tuman bo‘limi davlat inspektorlari.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech