G‘o‘za niholini g‘o‘za shirasidan qanday asrash mumkin? - 31 gektar yer maydonida g‘o‘za yetishtiramiz. Nihollarimiz yaxshi riojlanayotgandi. Shu kunlarda maydonda g‘o‘za shirasi paydo bo‘lgan. Unga qarshi qanday biologik ishlov bersak bo‘ladi? A.Toshpo‘latov.

3-Iyun, 2025-yil

G‘o‘za niholini g‘o‘za shirasidan qanday asrash mumkin?

- 31 gektar yer maydonida g‘o‘za yetishtiramiz. Nihollarimiz yaxshi riojlanayotgandi. Shu kunlarda maydonda g‘o‘za shirasi paydo bo‘lgan. Unga qarshi qanday biologik ishlov bersak bo‘ladi? 
A.Toshpo‘latov. 

- Katta g‘o‘za shirasi mayning ikkinchi yarmida g‘o‘za nihollarida paydo bo‘ladi. Yil davomida to‘liq rivojlanish davrini kechiradi, yozda partenogenetik usulda (erkaksiz tirik tug‘ib) ko‘payadi, kuzda esa bitta jinsiy bo‘g‘in berib tuxum qo‘yadi.

Uning g‘o‘za nihollariga zarari katta. Buning oldini olish uchun g‘o‘zaga biologik ishlov berish quyidagicha bo‘ladi: shiralar bilan 45 turdan ortiq yirtqich hasharot oziqlanadi. Bizdagi biolaboratoriyalarda shiralarga qarshi hasharot - oltinko‘z ko‘paytiriladi. Siz ushbu entomofagni olib, 1:10, 1:15 nisbatda qo‘llashiingiz katta g‘o‘za shirasiga qarshi yaxshi samara beradi. 

Savolga Past Darg‘om tumani fitosanitar davlat nazorati inspektori Odiljon Shomurodov javob berdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech