G‘o‘za maydonlarida defoliatsiya: “Etefon” preparati qo‘llanilmoqda O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi boshqarma boshlig‘i Sh. Xudoyberdiev hamda viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh. Urazovlar Ishtixon tumanidagi g‘o‘za maydonlarida olib borilayotgan defoliatsiya tadbirlarini nazorat qildil

15-Sentabr, 2025-yil

G‘o‘za maydonlarida defoliatsiya: “Etefon” preparati qo‘llanilmoqda 
 
O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi boshqarma boshlig‘i Sh. Xudoyberdiev hamda viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh. Urazovlar Ishtixon tumanidagi g‘o‘za maydonlarida olib borilayotgan defoliatsiya tadbirlarini nazorat qildilar. Defoliatsiya tadbiri doirasida g‘o‘za maydonlariga “Etefon” 
preparati qo‘llanilmoqda. 
 
“Etefon” preparati, xususan, kechpishar va vegetatsiya davri uzun bo‘lgan xitoy navlari, shuningdek, g‘ovlab ketgan, tup soni qalin bo‘lgan g‘o‘za maydonlarida hosil elementlarining to‘liq pishib yetilishini tezlashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Bu "qarish gormoni" o‘sishni boshqarib, paxta hosilini 1- terimda yakunlash imkonini yaratadi. 
 
Mazkur preparat 40-45% ko‘saklar ochilganda, defoliatsiyadan 5-7 kun oldin qo‘llanilsa, yuqori samara beradi. U hosil elementlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi va ba’zi hollarda defoliantlar bilan birga qo‘llash tavsiya etiladi.

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech