G‘o‘za maydonlarida defoliatsiya: “Esifon” preparati qo‘llanilmoqda... Kattaqórg'on tumani M.Ulug'bek MMTP hududidagi Barakali Miyonqol-UA fermer xo'jaligida inspektorlar bilan birgalikda g‘o‘za maydonlarida olib borilayotgan defoliatsiya tadbirlarini nazorat qilmoqdalar. Defoliatsiya tadbiri doir

15-Sentabr, 2025-yil

G‘o‘za maydonlarida defoliatsiya: “Esifon” preparati qo‘llanilmoqda...

Kattaqórg'on tumani M.Ulug'bek MMTP hududidagi Barakali Miyonqol-UA fermer xo'jaligida inspektorlar bilan birgalikda g‘o‘za maydonlarida olib borilayotgan defoliatsiya tadbirlarini nazorat qilmoqdalar. 
Defoliatsiya tadbiri doirasida g‘o‘za maydonlariga “Esifon” preparati qo‘llanilmoqda. 
“Esifon” preparati, xususan, kechpishar va vegetatsiya davri uzun bo‘lgan xitoy navlari, shuningdek, g‘ovlab ketgan, tup soni qalin bo‘lgan g‘o‘za maydonlarida hosil elementlarining to‘liq pishib yetilishini tezlashtirish maqsadida qo‘llaniladi.Bu "qarish gormoni" o‘sishni boshqarib, paxta hosilini 1- terimda yakunlash imkonini yaratadi.  
Mazkur preparat 40-45% ko‘saklar ochilganda, defoliatsiyadan 5-7 kun oldin qo‘llanilsa, yuqori samara beradi. 
U hosil elementlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi va ba’zi hollarda defoliantlar bilan birga qo‘llash tavsiya etiladi.

Fitosanitar nazorati Davlat Inspektor:Otaqulov Javlon Qurbonboevich...

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech