🇩🇪 Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

🇩🇪 Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) ning Oʻzbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qoʻllab quvvatlash loyihasi doirasida organik mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha yetakchi xalqaro ekspert Christine Elisabeth Rüegg (Germaniya, Shveytsariya) jalb etilib, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda xususiy sektor vakillari ishtirokida “Organik mahsulotlarini yetishtirish sohasida ilgʻor xalqaro tajribalarni oʻrganish hamda Oʻzbekistonga joriy qilish boʻyicha chora-tadbirlarni kelishish” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, uchrashuvda, Oʻzbekistonda eksportni rivojlantirishga qaratilgan istiqboldagi hamkorlik chora-tadbirlari, organik meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, Evropa Ittifoqida pestitsidlardan barqaror foydalanishning huquqiy asoslari, pestitsidlardan professional va havaskor foydalanish, Pestitsidlardan xavfsiz foydalanish boʻyicha mutaxassislar uchun majburiy treninglarni joriy etish masalasi muhokama qilindi.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop kanal
Veb sayt (https://samkarantin.uz/) I Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100073345246541) I Instagram (https://www.instagram.com/samkarantin99?r=nametag) I Youtube (https://youtube.com/channel/UCeMdD5Tkf193unqC6ShdWbA)