G‘alla maydonlarida begona o‘t va zang kasalligi bo‘yicha nazorat qilish, odatda, agronomik va fitosanitar tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Begona o‘tlar va zang kasalligi g‘allaning o‘sib rivojlanishi uchun to‘sqinlik qiladi, shuning uchun ularni nazorat qilish muhim.

Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i Shomurod Urazov Ishtixon tumanidagi mavjud g‘alla dalalarini nazorat qilar ekan boshqarmaning tuman bo‘limi inspektorlariga fermerlar bilan hamkorlikda ishlab doimiy nazorat tadbirlarini tashkil qilish, begona o‘tlar bilan kurashishda mos keluvchi preparatlarni tanlash va ularni to‘g‘ri qo‘llash muhimligini ta’kidladi.
Zang kasalligiga qarshi
muntazam fitosanitar nazorat tadbirlarni olib borish, boshqarmaning fitosanitar laboratoriyasiga ekinlardan namunalar olib tekshirib zararlangan holatlarni aniqlash, g‘allaning boshqa kasalliklari aniqlanganda har bir kasallik uchun mos keluvchi preparatlarni tanlash muhimligi bo‘yicha boshqarma boshlig‘i tomonidan topshiriqlar berildi.
Bu kabi tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish, kelgusida g‘alla ekinlaridan mo‘l hosil olishni ta’minlaydi.