Fevral oyida g‘alla ekinlarini oziqlantirish uchun asosan azot, fosfor va kaliyga boy o‘g‘itlardan foydalaniladi. Ushbu davrda ekinlarning o‘sishini rag‘batlantirish va hosildorlikni oshirish maqsadida, fevralda ammiak selitrasi yoki karbamid kabi azotli o‘g‘itlar, fosforli o‘g‘itlardan, superfosfa

5-Mart, 2025-yil

Fevral oyida g‘alla ekinlarini oziqlantirish uchun asosan azot, fosfor va kaliyga boy o‘g‘itlardan foydalaniladi. Ushbu davrda ekinlarning o‘sishini rag‘batlantirish va hosildorlikni oshirish maqsadida, fevralda ammiak selitrasi yoki karbamid kabi azotli o‘g‘itlar, fosforli o‘g‘itlardan,  superfosfat yoki ammofos, kaliyli o‘g‘itlardan kaliy xlorid yoki kaliy sulfati kabi o‘g‘itlar belgilangan miqdorda qo‘llanilishi kerak. Kaliy ekinlarning stressga bo‘ysunishini kamaytiradi va hosildorlikni oshiradi.

G‘alla ekinlarini oziqlantirish jarayonida  o‘simliklar karantini xodimlari bir necha muhim omillarga e’tibor berishlari lozim.
O‘g‘itlarning miqdori va sifatiga e’tibor berish, o‘g‘itlarning to‘g‘ri miqdorda va sifatiga e’tibor qaratmaslik, e’tiborsizlik ekinning kasallanishiga olib keladi. Misol uchun, ortiqcha azot ekinlarda kasalliklarga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, karantin xodimlari g‘allaning zararli organizmlarini tarqalishini oldini olish uchun doimiy  monitoring olib borishlari zarur.

Shuningdek, har bir mintaqaning o‘ziga xos sharoitlari bor, shunga ko‘ra, mahalliy yetishtiruvchilar bilan hamkorlik qilish va ularning tajribalarini inobatga olish muhim. Qisqa qilib aytganda, g‘alla ekinlarini oziqlantirishda o‘simliklar karantini xodimlari professional yondashuvni ta’minlashlari kerak, bu esa hosildorlikni oshishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech