Fermer xo‘jaliklarining samarasiz yotgan dala chetlaridan foydalanish uchun Bulung‘ur tumanidagi “SANDVIK” qo‘shma korxonasi tomonidan gektariga 2 kg dan

Fermer xo‘jaliklarining samarasiz yotgan dala chetlaridan foydalanish uchun Bulung‘ur tumanidagi “SANDVIK” qo‘shma korxonasi tomonidan gektariga 2 kg dan shartnoma asosida kabachki urug‘lari tarqatilmoqda. Kelgusida undan 1 gektaridan 45-50 tonngacha hosil olish mumkin. Yetishtirilgan hosilni yana ushbu korxona fermerdan bozor narxda sotib olish bo‘yicha shartnomalar tuzilmoqda.
Respublika ishchi guruhi urug‘ tarqatilishi va dala chetiga to‘g‘ri ekilishi jarayoni yuzasidan nazorat tadbirlarini olib bormoqda.
Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan xabardor qiluvchi eng ommabop kanal
Veb sayt: https://samkarantin.uz/