Ekologik toza paxtachilik yo‘lida: Biologik ishlovlarning muhim ahamiyati O‘zbekiston paxtachiligida hosildorlikni oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash barobarida,

3-Iyun, 2025-yil

Ekologik toza paxtachilik yo‘lida: Biologik ishlovlarning muhim ahamiyati 
 
O‘zbekiston paxtachiligida hosildorlikni oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash barobarida, ekologik xavfsizlikka katta e’tibor qaratilmoqda. Samarqand viloyati Narpay tumanidagi "Narpay qora kul dalasi" fermer xo‘jaligi bu borada ilg‘or namunadir. Mazkur xo‘jalik paxta maydonlarida keng ko‘lamli biologik ishlovlar o‘tkazilmoqda. 
 
Bu usul kimoviy preparatlardan foydalanishni kamaytirib, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish, tuproq unumdorligini tabiiy yo‘l bilan oshirish imkonini beradi. Biologik ishlovlar – foydali mikroorganizmlar va biopreparatlar yordamida o‘simliklarni himoya qilish, ularning o‘sishini rag‘batlantirishdir. Bu jarayon hosil sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, atrof-muhitni asraydi va aholi salomatligi uchun xavfsiz mahsulot yetishtirishda muhimdir. "Narpay qora kul dalasi"ning bu tajribasi barqaror qishloq xo‘jaligi uchun mustahkam poydevordir.

MANBA: Axborot xizmati

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech