Ekologik toza paxtachilik: Narpay tumanida biologik ishlovlar Samarqand viloyati Narpay tumani, Bobur MMTP hududidagi "Narpay yangi qadam" fermer xo‘jaligi paxta maydonlarida hosildorlikni oshirish va atrof-muhitni asrash maqsadida muntazam ravishda biologik ishlovlar

3-Iyun, 2025-yil

Ekologik toza paxtachilik: Narpay tumanida biologik ishlovlar 
 
Samarqand viloyati Narpay tumani, Bobur MMTP hududidagi "Narpay yangi qadam" fermer xo‘jaligi paxta maydonlarida hosildorlikni oshirish va atrof-muhitni asrash maqsadida muntazam ravishda biologik ishlovlar o‘tkazilmoqda. Bu amaliyot kimoviy vositalarga qaramlikni kamaytirib, tabiiy usullar orqali qishloq xo‘jaligi rivojiga hissa qo‘shishga qaratilgan. 
 
Maydonlarda zararkunandalarga qarshi foydali hasharotlar – entomofaglar va tuproqni boyituvchi mikroorganizmlarga asoslangan biopreparatlar faol qo‘llanilmoqda. Bunday biologik ishlovlar nafaqat o‘simliklarning sog‘lom o‘sishini ta’minlaydi, balki tuproq unumdorligini oshirib, eng muhimi, inson salomatligi va atrof-muhit uchun xavfsiz bo‘lgan mahsulot yetishtirish imkonini beradi. "Narpay yangi qadam"dagi bunday yondashuv qishloq xo‘jaligida ekologik muvozanatni saqlashga xizmat qilib, sohaning barqaror kelajagiga hissa qo‘shmoqda


MANBA: Axborot xizmati

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech