"Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Bu tadbirlar doirasida O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligining boshqarma boshlig‘i Sh.Xudoyberdiyev va viloyat boshqarmasi boshlig‘i Shomurod Urazov Ishtixon tumanidagi paxta maydonlarini

16-Iyul, 2025-yil

"Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Bu tadbirlar doirasida O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligining boshqarma boshlig‘i Sh.Xudoyberdiyev va viloyat boshqarmasi boshlig‘i Shomurod Urazov Ishtixon tumanidagi paxta maydonlarini ko‘zdan kechirib, ekinlarning fitosanitariya holatini, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash chora-tadbirlarining samaradorligini baholashdi. 
 
Asosiy e’tibor hosilga jiddiy tahdid soladigan o‘rgimchakkana, ko‘sak qurti kabi zararkunandalarning tarqalishini oldini olishga, shuningdek, kasallik va begona o‘tlar bilan kurashishga qaratildi. Har bir maydon batafsil o‘rganilib, mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi. 
 
Ushbu nazorat tadbirlari paxta yetishtirishda samaradorlikni oshirish, hosildorlikni yaxshilash va ekinlarni zararkunandalardan himoya qilishga xizmat qiladi.

Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech